Dushmaningni ayt - Melody Mesh (Official Music Video) | 2026

7 подписчиков

12+
12+

12 часов назад

ПожаловатьсяНарушение авторских прав

7 подписчиков

12+
12+

12 часов назад

ПожаловатьсяНарушение авторских прав
12+
12+

12 часов назад

Dushmaningni ayt — Melody Mesh, Qurbon she'ri. Yangi trend qo'shiq: dushmaning kimligi sening kimligingni aytadi. Matni pastda 👇 "Dushman tanlash — o'zni tanlash." ⚡ Tog' cho'qqisini chaqmoq uradi. Uchsang — shamol qarshi turadi. Kim uy qursa — g'iybat yuradi. Yomon ko'rishsa — demak, bor ekansan. O'g'riga dushman — ochiq ko'z. Yolg'onchiga dushman — rost so'z. Har yaraga dushman — oq tuz. Sen-chi? Seni kim ko'rolmaydi? Va teskarisi ham rost: po'stakni chaqmoq urmaydi, uchmaganga shamol turmaydi, uy qurmasang g'iybat ham yurmaydi. Dushmaning yo'qmi? — demak, o'zing ham yo'q ekansan. Ilon bilan urishsang — ilon bo'lasan, arslon bilan olishsang — arslon. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ Душманингни айт — Мелоди Меш (Қурбон шеъри). Янги тренд қўшиқ. Ўзбек қўшиқлари 2026. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🎵 TINGLASH: Spotify: https://open.spotify.com/artist/3MMv78EGEixS4wWK6o8u86 Apple Music: https://music.apple.com/gb/artist/melody-mesh/1739847168 YouTube Music: https://music.youtube.com/@Melody_Mesh 📜 SO'ZLAR / LYRICS: Dushmaningni ayt-chi menga, Kimligingni aytay senga. Tog' cho'qqisin chaqmoq urar, Uchsang — shamol qarshi turar, Kim uy qursa — g'iybat yurar, Yomon ko'rsa — bor ekansan. O'g'riga dushman — ochiq ko'z, Yolg'onchiga dushman — rost so'z, Har yaraga dushman — oq tuz, Sen-chi? Seni kim ko'rolmas? Dushmaningni ayt-chi menga, Kimligingni aytay senga. Po'stakni chaqmoq ham urmas, Uchmaganga shamol turmas, Uy qurmasang — g'iybat yurmas, Dushmansizmi? — Yo'q ekansan. Ilon-la urishsang — ilon, Arslon-la olishsang — arslon, Qurbon aytar senga, inson: Dushman tanlash — o'zni tanlash. Dushmaningni ayt-chi menga, Kimligingni aytay senga. 📌 IJODKORLAR: Matn va Musiqa: Qurbon (M. Tursunov) Loyiha: Melody Mesh Janr: Zamonaviy o'zbek pop / Anthem Qurbon (Muxriddin Tursunov) — shoir, yozuvchi, musiqachi. 2013-yildan beri o'zbek, rus, fors, turk va ingliz tillarida she'r va falsafiy asarlar yaratadi. © 2026 Melody Mesh. Barcha huquqlar himoyalangan. #DushmaningniAyt #MelodyMesh #UzbekMusic #TrendQoshiq

Название:

Dushmaningni ayt - Melody Mesh (Official Music Video) | 2026

Категория:

Разное