“Jamoatchilik bilan aloqalar” (PR - piar) faniga kirish

12+
12+

2 просмотра

3 дня назад

ПожаловатьсяНарушение авторских прав
12+
12+

2 просмотра

3 дня назад

ПожаловатьсяНарушение авторских прав
12+
12+

2 просмотра

3 дня назад

Jamoatchilik bilan aloqalar sohasida, xususan, Axborot xizmatlarida asosan shu soha sirlaridan boxabar jurnalistlar faoliyat ko‘rsatishi maqsadga muvofiqdir. Ular ham ommaviy axborot vositalari (OAV) xodimlari kabi asosan axborot to‘plash va tarqatish bilan shug‘ullanadi. Axborot xizmati xodimi o‘qimishli bo‘lishi zarur. Ya’ni, aytmoqchi, yozmoqchi bo‘lgan har bir fikrini avvalo ishonchli manbalardan o‘qib-o‘rganishi maqsadga muvofiqdir. U mas’ul xodim sifatida qaysiki mavzuda so‘z yuritmasin, avvalo uning uchta muhim asosi hisoblanmish quyidagi ishonchli manbalarni o‘z ko‘zi bilan o‘qib ko‘rmog‘i lozim: 1. Metodologik asosi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va nutqlarida bayon etilgan fikrlar); 2. Huquqiy asosi (O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarda bayon etilgan fikrlar); 3. Nazariy asosi (ilmiy asoslangan kitoblar, darsliklar, qo‘llanmalar, maqolalar va boshqa yozma manbalarda bayon etilgan fikrlar). Ushbu manbalarni o‘qimasdan gapirgan mas’ul xodim xatolikka yo‘l qo‘yishi hech gapmas. Tashkilot rahbari nomidan gapirishga haqli bo‘lgan Axborot xizmati rahbari xatolikka yo‘l qo‘yishi kechirilmas holdir. U o‘sha asossiz, xato gapi bilan tashkilotning obro‘siga putur yetkazadi… Jamoatchilik bilan aloqalar – inglizcha “Public Relations” (Pablik rileyshnz – PR, piar) nazariyasiga asoslangan. Jamoatchilik bilan aloqalar (PR) mohiyati – davlat va xalq, tashkilotlar va jamoatchilik o‘rtasidagi aloqalarni ilmiy tashkil etish hamda muntazam yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. O‘zbekistonda jamoatchilik bilan aloqalar, xalq bilan muloqot muhim ijtimoiy institutga aylanmoqda. Jamoatchilik fikri – fuqarolik jamiyatini o‘zida aks ettiradigan bamisoli bir ko‘zgu ekanligi hayotda o‘z isbotini topmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga yo‘llagan tabrigida ta’kidlanganidek, “Xalq bilan muloqot, odamlarning orzu-intilishlari, dardu tashvishlari bilan yashash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi chinakam muloqot maydonchasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz”1. O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 mayda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunida jamoatchilik bilan aloqalar va uni amalga oshirishda muhim o‘rin tutuvchi Axborot xizmatlarining huquqiy asosi mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 125-qarorida davlat va xo‘jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas’uliyatini ta’minlash vazifalari belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazkur sohani yanada rivojlantirishda g‘oyat muhim qadam bo‘ldi. Yuqorida qayd etilgan qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari jamiyatda jamoatchilik bilan aloqalar hamda axborot xizmatlarining huquqiy asosi hisoblanadi. Mazkur qonun va qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetida, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida, Qoraqalpog‘iston davlat universiteti Jurnalistika bo‘limida “Jamoatchilik bilan aloqalar va Axborot xizmatlari” fani o‘qitilmoqda. Bo‘lg‘usi jurnalistlar jamoatchilik bilan aloqalar (PR) fani nazariyasi va amaliyotini, Axborot xizmatini maxsus kurs orqali o‘rganish bilan bir qatorda respublika yetakchi tashkilotlari, vazirliklar, siyosiy partiyalar va boshqa idoralarning Axborot xizmatlarida mahorat sirlarini o‘zlashtirmoqdalar. Respublikamizdagi qator tashkilotlarning Axborot xizmatlarida hozirgi vaqtda mazkur o‘quv dargohidan yetishib chiqqan kadrlar samarali faoliyat ko‘rsatishmoqda. Давомини сайтимиздаги қуйидаги саҳифа орқали тўлиқ ўқишингиз мумкин. http://uchildiz.uz/jamoatchilik-bilan-aloqalar-1-maruza/ Азиз мухлислар! Ютуб каналимизга кирганда "Подписаться" тугмасини босиб қўйсангиз, ҳамма лавҳаларимизни кўриб мазза қиласиз. Сиз истаган видеолавҳаларни ёритиб боришга ҳаракат қиламиз. Тўлқин ЭШБЕК, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, ЎзМУ Журналистика факультети доценти Телефон ва телеграмим: +99890-9120963

Название:

“Jamoatchilik bilan aloqalar” (PR - piar) faniga kirish

Категория:

Разное