ГИЙБАТЧИЛАРГА РАХМАТ/GIYBATCHILARGA RAHMAT
#tasirli#sher#dardli#sher#ibratli#so'zlar Gʻiybatchilarga rahmat! Har hil bahona topib, Qilishar menga tuhmat. Yurishar toshlar otib, Gʻiybatchilarga rahmat! Yonimda hoʻp, hoʻp degan, Chekishgan men deb zahmat. Ortdan aybi koʻp degan, Gigʻbatchilarga rahmat! Gunohimni toʻkishgan, Qilishgan tinmay minnat. Haqoratlab, soʻkishgan, Gʻiybatchilarga rahmat! Jim turaman, kulaman, Sizda tuzalmas illat. Kimligingiz bilaman, Gʻiybatchilarga rahmat! Ertalabdan, kechgacha, Oʻqiysiz menga la'nat. Mayli ilojim qancha? Gʻiybatchilarga rahmat! Hech qachon oʻzgarmayman, Qilmang qancha harakat. Sizdek qargʻab yurmayman, Gʻiybatchilarga rahmat! Kechirimli boʻlish ham, Bizga farz, bizga sunnat. Sizni yaxshi koʻraman, Gʻiybatchilarga rahmat! Soʻz bilan kaltaklagan, Keltirgan qancha kulfat. Jannatga yetaklagan, Gʻiybatchilarga rahmat! ✍ Mumtozbegim
Название:
ГИЙБАТЧИЛАРГА РАХМАТ/GIYBATCHILARGA RAHMAT
Категория:
Разное