Abdulla Avloniyning avlodi Gavhar Zokirova bilan suhbat @QURULTOY

12+
12+

12 часов назад

ПожаловатьсяНарушение авторских прав
12+
12+

12 часов назад

ПожаловатьсяНарушение авторских прав
12+
12+

12 часов назад

Bugun QURULTOY podkastimizga o’zgacha mehmon - O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktrisasi, ulug‘ sulola vakili, mashhur jadid Abdulla Avloniyning evaralari Gavhar opa Zokirova tashrif buyurdi. Ushbu sonni O‘zbekiston madaniy xotirasida boshqa jadidlar bilan bir qatorda tobora muhim o‘rin egallab borayotgan shaxs - Abdulla Avloniyga bag‘ishlaymiz. U pedagog, shoir, dramaturg, noshir va haqiqiy islohotchi bo‘lib, jadidchilik harakatining yetakchi vakillaridan biri edi. Abdulla Avloniy yangi uslubli maktablar tashkil etdi, 1913-yilda birinchi milliy "Turon" teatrini barpo etdi, dunyoviy ta’lim, jamiyatda tenglik va o‘zbek tilini rivojlantirish g‘oyalarini ilgari surdi. Uning axloq va fuqarolik tarbiyasiga oid darsliklari yillar mobaynida milliy ma’rifatning poydevori bo‘lib xizmat qildi. U shuningdek, ayollar huquqlarini himoya qilib, tarbiya ONANING ma’rifatli bo‘lishidan boshlanadi, degan fikrni ilgari surgan. Bugun biz Gavhar opa Zokirova sarbonligida va rahnamoligida Abdulla Avloniy oilaiy xotirada qanday saqlanib qolganini va uning g‘oyalari zamonaviy O‘zbekiston madaniyatida qanday ahamiyat kasb etayotganini bilib olmoqchimiz. 00:00 - Tizer 2:09 - Kirish 4:42 - Abdulla Avloniy qilgan ishlari 7:46 - Teatrga ilk qadam! 16:04 - Teatrning asl maqsadi 22:11 - Avloniyning taqdiri 27:22 - Shajaraning batafsil tahlili 31:11 - Qayg‘uli kunlarni eslab 40:31 - Abdulla Avloniy qo‘shiq aytgan 49:42 - Ocharchilik yillari haqida 56:32 - Menga hech kim aytmagan! 1:04:53 - Zokirovlar sulolasiga kirish 1:15:53 - Karim Zokiriy haqida ham biroz! 1:20:46 - Hovlining taqdiri... 1:26:44 - Xulosa 1:38:56 - Yakun 1:40:06 - Sallamno... Loyiha “Profsoyuz” PR-agentligi tomonidan yaratilgan Mavzu: Abdulla Avloniyning avlodi Gavhar Zokirova bilan suhbat Muallif va boshlovchi: Nodir Nishonov (@dervish_nod) Bosh ekspert va maslahatchi: Eldar Asanov Montaj ustasi: Odilbek Fayzullaev Muharrir: Nurjahon Rahimjonov Ijrochi prodyuser: Mirdiyor Ayubov Suhbatni tashkillashtirishda yaqinda yordam bergan Ohista Jamshidga “QURULTOY” jamoasi va “Profsoyuz” PR agentligi nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. #avloniy #abdulla #gavhar #gavharzokirova #abdullaavloniy #jadidlar #jadidchilik #tarix #tarih #history #zokirovlar #botirzokirov #курултай #qurultoy #ziyolilar #ziyo #oydinlar #millat #uzbekistan #ozbekiston #centralasia

Название:

Abdulla Avloniyning avlodi Gavhar Zokirova bilan suhbat @QURULTOY

Категория:

Разное