Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси 277-модда. BEZORILIK

49 подписчиков

12+
12+

5 просмотров

14 дней назад

ПожаловатьсяНарушение авторских прав

49 подписчиков

12+
12+

5 просмотров

14 дней назад

ПожаловатьсяНарушение авторских прав
12+
12+

5 просмотров

14 дней назад

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSI 277-MODDA. BEZORILIK Bezorilik, yaʼni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog‘liq holda sodir etilsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Bezorilik: a) badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazib; b) bir guruh shaxslar tomonidan; v) sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llab; g) o‘z mazmuniga ko‘ra umum eʼtirof etgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi o‘taketgan behayolik bilan; d) yosh bola, qariya, nogironligi bo‘lgan shaxs yoki ojiz ahvoldagi shaxslarni xo‘rlab; ye) ko‘p miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib sodir etilgan bo‘lsa, — uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bezorilik: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) o‘qotar qurolni namoyish qilib, uni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoki qo‘llab; v) ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda; g) jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bo‘lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Название:

Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси 277-модда. BEZORILIK

Категория:

Разное